Kafolatli xizmat ko’rsatilishiga ruxsat olish Siz quyidagi harakatlarni bajarishingiz kerak:
🔹 mahsulotda saqlanayotgan barcha dasturlar va ma’lumotlarning zaxira nusxalari yaratish;
🔹 servis markaziga barcha tizim kalitlari va parollarini taqdim etish;
🔹 servis markaziga xizmat ko’rsatilishini amalga oshirish uchun Sizning uskunangizdan etarli darajada, erkin va xavfsiz tarzda foydalanish imkoniyatini taqdim etish;
🔹 uskunadan barcha ma’lumotlarni, shu jumladan maxfiy, egalik huquqlari bilan himoyalangan va shahsiy ma’lumotlarni olib tashlash yo’xud bunday ma’lumotlarni olib tashlash imkoniyati bo’lmagan holatda, ularni uchinchi shaxslar tomonidan foydalanilishiga yo’l qo’yilmaydigan yoki ular tegishli qonunga muvofiq shaxsiy ma’lumotlar hisoblanmaydigan tarzda o’zgartirish.
Servis markazi qaytarilgan yoki kafolatli xizmat ko’rsatish uchun taqdim etilgan uskuna xotirasida saqlanayotgan har qanday ma’lumotlar, shu jumladan maxfiy, egalik huquqlari bilan himoyalangan va shaxsiy ma’lumotlar yo’qotilganligi yoki oshkor qilinganligi uchun javobgar bo’lmaydi;
🔹 kafolatli xizmat ko’rsatishga tegishli bo’lmagan barcha tarkibiy qismlar, detallar, qo’shimcha apparat vositalari, o’zgartirilgan elementlar va biriktirilgan qurilmalarni olib tashlash;
🔹 ushbu mahsulot yoki detallarga nisbatan qonun bilan belgilangan ular almashtirilishiga to’sqinlik qilishi mumkin bo’lgan hech qanday cheklanishlar yo’qligini tasdiqlash;
🔹 agar Siz mahsulot yoki detallar egasi bo’lmasangiz, mahsulot egasidan Servis markazi tomonidan kafolatli xizmat ko’rsatilishi uchun ruxsat olish.
‼️ Iltimos, ASUS uskunasida kafolatli ta’mirlash vaqtida qattiq diskdagi barcha foydalanuvchi ma’lumotlari ishlab chiqaruvchining diagnostika yordam dasturining o’ziga xos xususiyatlari tufayli o’chib ketishiga alohida e’tibor bering.